Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlarining taklifiga binoan, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I 19-22 noyabr kunlari uch davlatga tashrif buyuradi va ularning tashqi ishlar vazirlari bilan strategik muloqotlar oʻtkazadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin brifingda ma'lum qildi.
U Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston Xitoyning doʻstona qoʻshnilari va har tomonlama strategik sheriklari ekanligini taʼkidladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, Van I XXR Raisi Si Szinpinning uch davlat rahbarlari bilan erishgan kelishuvlarini amalga oshirish uchun mintaqadagi uch davlatga tashrif buyuradi va hamkasblari bilan strategik muloqotlar oʻtkazadi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, oʻzaro manfaatli xalqaro va mintaqaviy masalalar boʻyicha fikr almashishlari kutilmoqda.