Oʻzbekistondagi 22 ta OTM Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, oʻquv jarayonining sifat koʻrsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.

Kecha, 4-noyabr kuni nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” agentligi tomonidan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — “QS Asia University Rankings 2026” roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Unda aytilishicha, eʼlon qilingan eng yaxshi universitetlar roʻyxatidan Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti joy olgan. Shulardan 8 tasi oʻz oʻrnini oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilashga erishgan.

Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, oʻquv jarayonining sifat koʻrsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.

Maʼlumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1 ming 500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan.

“QS Asia University Rankings 2026” reytingidan joy olgan Oʻzbekiston OTMlari natijalari bilan quyidagi roʻyxatda tanishishingiz mumkin: