Buxoro viloyatida 6 751 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro Sh.A. umumiy bahosi 192 mln so‘mlik jami 6 751 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini G‘ijduvon tumanida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.