Quvasoy shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi va 251-1 moddas bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noma’lum shaxslar qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi bilan chegara hududidagi “Gulpiyon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi temir suv quvuri orqali kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib o‘tganliklari aniqlanib, tadbir davomida har bir 10 ml.g flakondan bo‘lgan 233 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1 moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.