O‘zbekiston – Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani
Tadbirda XXRning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bugungi siyosiy jarayon, ikki tomonlama sheriklik mavzusida batafsil ma’lumot berdi.
Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXRga amalga oshirgan tashrifi O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi tarixida muhim voqea bo‘ldi. Pekindagi tantanali tadbirlar va Tyanszindagi SHHT sammitida davlatimiz rahbarining Rais Si Szinpin bilan uchrashuvi ikki tomonlama munosabatga yangi siyosiy-iqtisodiy sur’at bag‘ishladi. Tomonlar strategik rejalar ishlab chiqib, transport, energetika, raqamli iqtisodiyot va madaniyat sohalarida qator kelishuvlarga erishdilar.
Ushbu tadbirlar natijalariga bag‘ishlab, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan poytaxtimizda matbuot anjumani tashkil qilindi.
Tadbirda XXRning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bugungi siyosiy jarayon, ikki tomonlama sheriklik mavzusida batafsil ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston rahbarining Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti va “ShHT plyus” formatidagi majlisdagi ishtiroki, unda ko‘p tomonlama muloqotni yanada rivojlantirish va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha konstruktiv tashabbuslar ilgari surilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu takliflarda O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi faol pozitsiyasi, mutanosib va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat yuritish istagi namoyon bo‘ldi.
23 mamlakat yetakchilari ishtirok etgan Tyanszin yig‘ilishi tashkilot tarixidagi eng yirik sammit bo‘ldi. Keng miqyosdagi forumda Xitoy raisi Si Szinpin Global boshqaruv tashabbusini ilgari surdi va barcha mamlakatlarni global boshqaruvning yanada adolatli va oqilona tizimini yaratish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Tadbirda ushbu tashabbusning mohiyati xususida ham jurnalistlarga axborot berildi.
"Tayvan Ukraina emas"
Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi TTayvan muammosi bo'yicha spekulyatsiyalarga, orolni Ukraina bilan solishtirishga harakat qildi.
"Tayvan Ukraina emas. U doimo Xitoyning ajralmas qismi bo'lib kelgan. Ukraina suveren davlat", - dedi Yuy Szyun.
Shu sababli, diplomatning qayd etishicha, Xitoyning g‘arbiy hamkorlari Ukrainadagi urush va Tayvan masalasini hal qilish o‘rtasida o‘xshashlik keltirib, hech kimni chalg‘itmasligi kerak. Yuy Szyun kontseptsiyalarni bunday almashtirishni orolning materik bilan birlashishini oldini olishga urinish deb atadi.
"Tayvan muammosini hal qilish uchun bizda barcha kuch va imkoniyatlar mavjud. Endi bu vaqt masalasidir", - dedi Xitoy elchisi.
Diplomat O‘zbekiston doimo “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishini ta’kidladi. Xitoy tomoni bunday yordamni yuksak qadrlaydi.
Tadbirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Xitoyning yirik kompaniyalari vakillari ham ishtirok etib, so‘zga chiqqan yig‘inda Yuy Szyun jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.