29 iyul kuni Pekindagi ShHT Kotibiyatida Shanxay hamkorlik tashkiloti Yoshlar kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Butun Xitoy yoshlar federatsiyasi shafeligida tashkil etilgan yig‘ilish tashkilotga a’zo mamlakatlar yoshlar harakati yetakchilarini birlashtirdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy tashabbuslar bilan chiqishdi, bandlik, ta’lim olish, salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalarini muhokama qildilar, o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini taklif qilishdi. Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
ShHT Bosh kotibi oʻrinbosari Botir Tursunov tabrik soʻzi bilan soʻzga chiqib, tashkilot kun tartibida yoshlarga oid yoʻnalish ustuvorligini taʼkidladi. U “Shanxay ruhi” – o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va teng huquqli sheriklik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishning asosiy platformasi sifatida Yoshlar kengashining rolini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ShHT Yoshlar kengashiga raislik rasman Xitoydan Qirgʻizistonga oʻtdi.