Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida so‘z bordi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida so‘z bordi.
 Muloqot yakunida tomonlar kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.