2026-yil noyabr oyining dastlabki 22 kunida Toşkent şahrida avtobuslarda yöl haqini tölamagan yölovçilardan qariyb 450 million söm jarima undirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 1–22-noyabr kunlari avtobuslarda yöl haqini tölaş qoidalariga rioya etilişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 19 457 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu bir kunda örtaça 884 ta qoidabuzarlik holati aniqlanganini anglatadi. Yil boşidan buyon esa rasmiylaştirilgan bayonnomalar soni 158 237 taga yetgan.
22-noyabr holatiga köra, hisobotda undirilgan jarimalar miqdori 3 661 906 503 sömdan oşgan. Şundan 449 893 078,5 sömi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga töğri keladi.
Bildirilişiça, nazorat tadbirlari ötkazilayotgan avtobus yönalişlarida yölovçilar oqimi dinamikasi ham tahlil qilinmoqda.
Jumladan, 18–21-noyabr kunlari 8, 11, 14, 28, 93, 116 va 131-sonli avtobus yönalişlarida jami 449 802 nafar yölovçi taşilgan. Bu ötgan haftaning şu davriga nisbatan 5 792 nafarga yoki 1,3 foizga köp. Şu bilan birga, mazkur yönalişlarda tört kun davomida 1 228 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Ayrim yönalişlarda yölovçilar soni sezilarli oşgan. Xususan, 11-yönalişda ösiş 11,2 foizni, 28-yönalişda 5,4 foizni, 8-yönalişda 3,5 foizni hamda 14-yönalişda 1,7 foizni taşkil etgan.