Ipoteka kreditlari böyiça subsidiyalar uçun arizalar 25-noyabrdan qabul qilinadi

Ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş uçun arizalar qabul qiliş 2026-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan boşlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotiga köra, arizalar ipoteka kreditlari böyiça subsidiyalar tölaşning maqsadli körsatkiçlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qiliş muddatida foydalanilmagan qismi hisobidan qabul qilinadi.

Subsidiya oliş uçun ariza beruvçi ijtimoiy mezonlar asosida baholaş natijasiga köra kamida 30 ball töplaşi va kredit tarixi dasturda iştirok etuvçi kamida bitta tijorat bankining içki talablariga mos kelişi kerak.

Bundan taşqari, ariza beruvçi va uning turmuş örtoği nomida respublika hududining biror qismida mulk huquqi asosida turar joy bölmasligi, şuningdek, ularning örtaça oylik daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiq bölişi lozim.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qiliş, myGov mobil ilovasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topşiriş mumkin.

Ariza beriş va baholaş jarayonida OneID tizimidagi şaxsga doir maʼlumotlarni boşqariş paneli orqali dasturda iştirok etuvçi tijorat banklariga kredit tarixini baholaş uçun zarur maʼlumotlardan foydalanişga ruxsat berilgan bölişi şart. Şuningdek, kredit tarixini olişga qöyilgan çeklov vaqtinça bekor qilingan bölişi kerak. Aks holda, banklar ariza beruvçining kredit tarixini örgana olmaydi va ariza rad etilişi mumkin.

Harbiy tuzilmalar xodimlari arizalarni bevosita Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiliş orqali topşirişlari mumkin.

Subsidiyali ipoteka kreditlari dasturida iştirok etuvçi tijorat banklari röyxati:

  1. «Agrobank» ATB;
  2. «Aloqabank» ATB;
  3. «Asakabank» AJ;
  4. «Asia Alliance Bank» ATB;
  5. «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB;
  6. «Hamkorbank» ATB;
  7. «Ipak yöli» AITB;
  8. «Ipotekabank» OTP Group;
  9. «Mikrokreditbank» ATB;
  10. «Orient Finans» XATB;
  11. «Trastbank» XAB;
  12. «Turonbank» ATB;
  13. «Xalq banki» ATB;
  14. «Özmilliybank» AJ;
  15. «Özsanoatqurilişbank» ATB.