Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT)ning Özbekistondagi jamoasi Ğallaorol tumanidagi Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot institutiga taşrif buyurdi. Delegatsiya institutning tajriba maydonlarida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) kömagida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanişdi. Tadqiqotlar lalmikor yerlarda tuproq namligini saqlaş, eroziyani kamaytiriş va yoğin-soçin suvidan samarali foydalanişga qaratilgan.
Lalmikor dehqonçilikda ekinlar namlikni asosan yoğin-soçindan oladi. Institut mutaxassislari tuproqdagi mavjud namlikni saqlaş hamda yomğir va erigan qor suvini yiğiş imkoniyatlarini ikki loyiha doirasida örganmoqda.
Dala namoyişida institut mutaxassislari yerni haydamasdan ekin ekiş (no-till) usulini körsatdi. Bu usulda uruğ maxsus ekiş texnikasi yordamida haydalmagan yerga bevosita ekiladi. «Lalmi yerlarda resurstejovçi agrotexnikani qöllaş samaradorligini örganiş» loyihasi doirasida tadqiqotçilar uşbu usulning tuproq namligini saqlaş, suv va şamol eroziyasini kamaytiriş hamda ekin yetiştiriş xarajatlarini qisqartiriş imkoniyatlarini örganmoqda.
Delegatsiyaga qir-adirlarda terrasalar va yarim aylana şaklidagi suv yiğiş inşootlarini barpo etiş böyiça tadqiqotlar ham taqdim etildi. Bu inşootlar yomğir va erigan qor suvining yonbağir böylab oqib ketişini sekinlaştirib, uning tuproqqa singişiga yordam beradi. Institut mutaxassislari bu usullarning tuproqdagi namlik zaxirasini oşiriş va suv eroziyasini kamaytirişdagi samaradorligini baholamoqda.
Institut vakillari delegatsiyaga tajriba maydonlarida olib borilayotgan işlar, tadqiqot natijalari hamda sinalayotgan usullarni lalmikor xöjaliklarda qöllaş imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Taşrifda FAOning Özbekistondagi vakili yordamçisi Şerzod Umarov, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Xalqaro mehnat taşkiloti va UNICYEF vakillari iştirok etdi.
Ğallaoroldagi dala taşrifi BMT mamlakat jamoasining 19–20-noyabr kunlari Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga safari doirasida bölib ötdi. Safarning Sirdaryo qismida BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl boşçiligidagi delegatsiya viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov bilan uçraşdi. Tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, ekologiya, soğliqni saqlaş, bandlik va ijtimoiy himoya böyiça hamkorlikni kengaytiriş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Delegatsiya Boyovut tumanidagi 19-maktabda BMT Taraqqiyot dasturi kömagida 2023–2024-yilgi isitiş mavsumida sinovdan ötkazilgan kömirsiz, energiya tejamkor isitiş tizimi bilan ham tanişdi. Guliston şahrida esa jamoa 22 800 dan ortiq aholiga xizmat körsatuvçi Markaziy köp tarmoqli poliklinikaga taşrif buyurdi. U yerda delegatsiyaga birlamçi tibbiy yordamni kuçaytiriş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş böyiça olib borilayotgan işlar taqdim etildi.