2026 yil oktyabr oyida tijorat banklari MUNIS kliring tizimi orqali 22,7 millionta tölovni qabul qildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 63,1 foizga köp. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki xabar berdi.
Şu bilan birga, tölovlarning umumiy summasi 3,4 foizga kamaydi. 2025 yil oktyabr oyida tizim orqali 15,0 trillion sömlik 13,9 millionta tölov amalga oşirilgan bölsa, 2026 yil oktyabrida tölovlar soni 22,7 milliontaga, umumiy summasi esa 14,5 trillion sömga yetdi.
Qabul qilingan tölovlar soni böyiça Aloqabank birinçi örinni egalladi — 10,1 millionta. Ikkinçi örinda 3,2 millionta tölov bilan Hamkorbank, uçinçi örinda esa 2,9 millionta tölov bilan TBC Bank qayd etildi.
Şuningdek, kuçli beşlikdan 1,4 millionta tölov bilan Uzum Bank va 1,1 millionta tölov bilan Milliy bank ham joy oldi.
MUNIS — Markaziy bankning hisob-kitoblar böyiça kliring tizimi hisoblanadi.
Uşbu tizim orqali aholi va tadbirkorlardan kommunal, byudjet hamda boşqa tölovlar qabul qilinadi. Mablağlar oluvçilarga real vaqt rejimida ötkazib beriladi.