Oʻzbekistonda oltin quymalar narxi biroz pastladi

Oʻzbekistonda quyma oltin narxi biroz pastladi. Markaziy bank bugun, 18-fevral kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, 1 gramm qimmatli metall narxi 1 987 200 soʻmni tashkil etgan.

Regulyator maʼlumotlarida keltirilishicha, oltin quymalari qiymati quyidagicha:

• 5 gramm — 9 mln 936 ming soʻm;

• 10 gramm — 19 mln 872 ming soʻm;

• 20 gramm — 39 mln 744 ming soʻm;

• 50 gramm — 99 mln 361 ming soʻm;

• 100 gramm — 198 mln 722 ming soʻm.

Aytish joiz, Markaziy bank joriy yilning 5-yanvar kunidan eʼtiboran ilk bor oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini eʼlon qilishni boshladi. Unga koʻra, oʻshanda 5 gramm oltin quymasini sotish narxi 8 mln 735 ming soʻm boʻlgandi. Narxlar esa qadogʻi butligi yoki buzilganiga qarab farqlanadi. Bugungi narxlar quyidagicha:

Подпись к изображению

Xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan narxlar kun davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.