Sirdaryoda Özbekiston ziyolilar Kengaşining hududiy yiğilişi bölib ötdi

“Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida bölib ötgan mazkur tadbirda ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boşqa sohalar vakillari iştirok etdi.

Yiğilişda turli soha va yönalişlarga oid dolzarb masalalar birgalikda muhokama qilindi, amaliy takliflar işlab çiqildi. Bildirilgan taşabbuslar Kengaşning respublika yiğilişiga taqdim etiş uçun umumlaştirildi.

Taʼkidlandiki, mazkur kengaş faoliyatidagi asosiy maqsad jamiyatimizning eng katta intellektual va maʼnaviy kuçini birlaştiriş, ziyolilarimizning davlat va jamiyat hayotidagi örnini yangi bosqiçga olib çiqiş, ularning sözi, fikri va taşabbusini xalqimiz hayotiga bevosita taʼsir körsatadigan kuçga aylantirişdan iborat. Çunki har qanday jamiyatning taraqqiyoti faqat iqtisodiy körsatkiçlar,qurilgan binolar, yangi korxonalar yoki zamonaviy infratuzilmalar bilan ölçanmaydi. Jamiyatning haqiqiy qudrati, avvalo, uning maʼnaviy salohiyatida, xalqining tafakkurida, yoşlarining bilimi va tarbiyasida, insonlar örtasidagi özaro hurmat, işonç va hamjihatlikda namoyon böladi. Yiğilişda şuningdek, Yangi Özbekistonni barpo etiş faqat iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar emas, balki inson tafakkurini, jamiyat maʼnaviyatini, xalqimizning kelajakka bölgan munosabatini yuksaltiriş jarayoni ekanligi ham aytildi.

— Özbekiston ziyolilari Kengaşining bölib ötayotgan dastlabki hududiy yiğilişlaridanoq u milliy yuksaliş jarayonlari rivoji uçun juda zarur va öz vaqtida taşkil qilinayotgan tuzilma ekanligi maʼlum bölmoqda, — deydi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi deputati, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Noriniso Qosimova. — Jumladan, viloyatimizda ötkazilgan ana şunday yiğilişda uşbu Kengaş xalq bilan davlat, ziyolilar bilan jamiyat, ilm bilan hayot örtasidagi mustahkam maʼnaviy va intellektual köprikka aylantiriş maqsadida taşkil qilinganligini angladik. Şu bilan birga faqat masala yoki muammoni kötarib çiqiş emas, ularning aniq hamda maqbul yeçimlarini işlab çiqiş amaliyoti ham mazkur kengaş faoliyatidagi öziga xos va samarador yondaşuvlardir.