Uşbu muştarak merosni çuqur örganiş, ilmiy jihatdan tadqiq etiş va kelajak avlodga yetkaziş taʼlim va ilm-fan sohasi oldidagi muhim vazifalardan biri.
Samarqand davlat pedagogika institutida Turkiyaning Giresun universiteti hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) hamkorligida “Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi: til, tarix va taʼlim” mavzusida xalqaro ilmiy simpozium ötkazildi.
Anjumanda Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va boşqa davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotçilar, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda soha mutaxassislari iştirok etib, turkiy xalqlarning muştarak madaniy merosi, til, tarix va taʼlim sohalaridagi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy fikr va tajriba almaşdilar.
Tadbir doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti va Giresun universiteti örtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda kelgusidagi ustuvor yönalişlari muhokama qilindi. Şuningdek, Giresun universiteti rektori, professor Yilmaz Can hamda Muğla Sıtkı Koçman universiteti professori Ali Akarga Samarqand davlat pedagogika institutining “Faxriy professori” unvoni topşirildi.
Bundan taşqari, Samarqand viloyati hokimi örinbosari, ikki oliy taʼlim muassasasi rektorlari hamda Turk tarixi jamiyati raisi iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Unda Özbekiston va Turkiya örtasida taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda akademik aloqalarni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Simpoziumning yalpi majlisida turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi, til, tarix va taʼlimga oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy maʼruzalar tinglandi. Şöba yiğilişlarida esa olim va tadqiqotçilar öz ilmiy izlanişlari natijalari, tahlillari hamda takliflarini örtaga taşladilar. Mazmunli ilmiy maʼruzalari bilan iştirok etgan bir guruh olim va tadqiqotçilar taqdirlandi.
Simpozium dasturidan “Qadriyatlar sadosi” badiiy kompozitsiyasining tantanali oçiliş marosimi, ilmiy-madaniy tadbirlar hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining hamkorlikda daraxt ekiş marosimi ham örin oldi. Şuningdek, institutning Musiqa taʼlimi yönalişi talabalari tomonidan özbek va turk milliy kuy-qöşiqlari ijro etildi.
Simpozium yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar va ilgari surilgan takliflar turkiy xalqlarning umumiy ilmiy-madaniy merosini yanada çuqur örganiş, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytiriş hamda oliy taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim imkoniyatlar yaratganini körsatdi.