Prezident Şavkat Mirziyoyev “Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonni imzoladi.
Hujjatning asosiy maqsadlari sifatida mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, Yangi Toşkent şahri va hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan qiymati 50 million dollardan boşlanadigan yirik şaharsozlik loyihalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş belgilangan.
Şuningdek, yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş jarayonida maʼmuriy tösiqlar va byurokratik ğovlarni töliq bartaraf etiş nazarda tutilgan.
Farmon ilovasida belgilangan hududlarda yirik şaharsozlik investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “tartibga soliş qumdoni” şaklidagi maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.
Qonunçilikda Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasiga berilgan barça vakolatlar, imtiyozlar va huquqlar boşqa maxsus hududlarni taşkil etiş uçun masʼul direksiyalarga ham tatbiq etiladi.
Jumladan, ularga hududlarni rivojlantirişni rejalaştiriş hujjatlariga qöyiladigan talablarni mustaqil belgilaş va tasdiqlaş, sotiladigan yer uçastkalarida quriladigan obyektlarga nisbatan asosiy talablarni mustaqil örnatiş, şuningdek, yer uçastkalarini realizatsiya qilişda har bir loyiha uçun alohida texnik şartlarni belgilaş vakolatlari beriladi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida “davlat — investitsiyaviy hamkor” tamoyili asosida qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etiladi.
Xususan, maxsus huquqiy rejim doirasida şaharsozlik loyihalarini amalga oşirayotgan yuridik şaxslar loyiha obyektlarini ijaraga beriş va sotişdan olingan daromadlar böyiça foyda soliğini 1 foizlik stavkada quyidagi muddatlarda tölaydi:
Kamida 50 million dollar töğridan-töğri investitsiya kiritilganda — 5 yil davomida;
Kamida 100 million dollar investitsiya kiritilganda — 10 yil davomida;
Kamida 500 million dollar investitsiya kiritilganda — 15 yil davomida.
Bundan taşqari, investitsiya hajmi kamida 50 million dollarni taşkil etadigan şaharsozlik loyihalari doirasida foydalaniladigan obyektlar böyiça yuridik şaxslar 20 yil muddatga mol-mulk va yer soliqlarini tölaşdan ozod etiladi.
Şaharsozlik loyihalarini amalga oşiriş doirasida boş pudratçi va boş loyihaçi taşkilot tomonidan Özbekistonda faoliyat yuritmaydigan xorijiy jismoniy va yuridik şaxslardan xarid qilinadigan xizmatlar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi.
Şuningdek, 2040-yil 1-yanvarga qadar şaharsozlik loyihalari doirasida investorlar tomonidan dividend şaklida olingan daromadlar Özbekiston hududida qayta investitsiya qilingan taqdirda soliqqa tortilmaydi.