Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Fargʻonada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yoʻlga qoʻyiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball toʻplagan shaxmatchilarning xususiy klublarda oʻqish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh isteʼdodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qoʻshimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “Oʻzbekiston Grand chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam oʻtkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan oʻz yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik oʻyin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.