Yangi Toşkent şahrida alohida hokimlik taşkil etiladi. Bu Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli Farmonida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, yangi boşqaruv organi tegişli maʼmuriy-hududiy birlik rasman taşkil etilguniga qadar öz faoliyatini boşlaydi.
Hokimlik maxsus huquqiy rejim şaroitida Yangi Toşkent hududini boşqariş, aholiga xizmat körsatiş hamda ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarining uzluksiz faoliyat yuritişini taʼminlaş vazifalarini bajaradi.
Şuningdek, bir oy muddatda Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarning Yangi Toşkentda alohida tuzilmalari şakllantiriladi.
Yangi Toşkent hokimligi va davlat organlarining hududiy bölinmalari ilgari Toşkent viloyati hamda uning tumanlari vakolatiga kirgan masalalarni mustaqil hal etiş huquqiga ega böladi.
Mazkur vakolatlar direksiyaga doimiy foydalaniş uçun berilgan hudud doirasida amal qiladi.