Özbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi

10-noyabr, seşanba kuni Özbekistonning barça hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi. Bu haqda Ekologiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatçilarining avtotransport vositalaridan foydalanişi javobgarlikka sabab bölişi taʼkidlangan.

Davlat va nodavlat taşkilotlari, şuningdek, fuqarolar aksiyalarda faol iştirok etişga, atmosfera havosini ifloslantirmaydigan “yaşil” transport vositalari, elektromobillar hamda jamoat transportidan kengroq foydalanişga çaqirilgan.