11
11

Rasman: Oʻzbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirildi

Oʻzbekistonda Google Pay toʻlov xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh oʻrtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida “Raqamli texnologiyalar” mavzusida panel sessiyasi tashkil etilmoqda.

Sessiya Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida oʻtkazilmoqda.

Tadbirda Google Cloudʼning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yoʻnalishi boʻyicha rahbari Marcin Krasuski muhim yangilik — Google Pay xizmatining Oʻzbekistonda ishga tushirilganini eʼlon qildi.

Ushbu tizim foydalanuvchilarga oʻz bank kartalarini telefonga bogʻlab, plastik kartasiz toʻlov qilish imkonini beradi.