Toshkent shahrida 58-sonli avtobus yoʻnalishi harakati 2026-yil 19-oktyabrdan boshlab «Darxon maydoni» bekatigacha qisqartiriladi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga Katta Darxon koʻchasida joylashgan «Ekskavator zavodi» bekatining avtobuslarni sigʻdirish imkoniyati cheklangani hamda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash zarurati sabab boʻlgan.

Belgilangan sanadan boshlab 58-sonli avtobuslar «Darxon maydoni» bekatigacha harakatlanadi. Yoʻlovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu oʻzgarishni inobatga olish soʻralgan.