11
11

Qiziltepada ilk bor yurakda jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

Mamlakatimiz Prezidentining "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida"gi joriy yil 21-mayidagi qarorida 10 000 nafar bolalarda jarrohlik amaliyoti, 350 nafar bemorlarda esa jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish belgilangan edi.

Shu asosda Qiziltepa tumanida ham 130 dan ortiq bemorda murakkab texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bepul oʻtkazish rejalashtirilib, ayni oʻsha kunlarda ularning xonadonlariga vaucherlar yetkazilgandi. Ushbu vaucherlardan biri tumanning Furqat mahallasida yashovchi 10 yoshli Shahrizoda Farmonovaning ota-onasiga ham yetkazilib, oila aʼzolariga quvonch va ishonch tuhfa etilgan edi.

Yaqinda Bolalar milliy tibbiyot markazi va Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida ushbu qizaloqda yurak tugʻma nuqsoni boʻlmachalararo toʻsiq nuqsonini bartaraf etish jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
  • Farzandimning taqdirini oʻylab kechalari koʻzimga uyqu kelmasdi, — deydi Shahrizodaning onasi. — Kun sanab tongni ottirardik. Mana, xudoga shukur, mamlakatimiz Prezidentining gʻamxoʻrligi tufayli oilamizga quvonch, ertangi kunga ishonch qaytdi.

Ushbu jarrohlik amaliyotining eʼtiborli jihati shundaki, u Qiziltepa tumanida yurak bilan bogʻliq ilk amaliyot boʻlib tarixda qolib, kelajakda yuzlab shu kabi amaliyotlarga yoʻl ochadi.