Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 373 389 ta tirik tugʻilish qayd etildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hisobot davrida eng koʻp tugʻilish Namangan shahrida qayd etilgan boʻlib, hududda 8 181 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Samarqand viloyatining Urgut tumani 7 014 ta va Andijon shahri 6 306 ta tugʻilish bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.
Shuningdek, Samarqand shahrida 5 559 ta, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 5 542 ta tugʻilish qayd etilgan. Tugʻilishlar soni boʻyicha yuqori koʻrsatkich qayd etgan hududlar qatoridan Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumani (3 968 ta), Qashqadaryo viloyatining Koson (3 878 ta) va Qamashi (3 874 ta) tumanlari ham joy olgan.
TOP-10 talikni Toshkent shahrining Olmazor tumani 3 700 ta hamda Andijon viloyatining Asaka tumani 3 446 ta tugʻilish bilan yakunlagan.