11
11

Oʻzbekistonda 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi

Oʻzbekiston hududida 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi bugun, 28-sentyabr kuni soat 09:03 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng, chuqurligi 15 kilometrda qayd etilgan.

Yer silkinishi epitsentri Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan. Zilzila epitsentri poytaxtdan 66 kilometr janubiy-sharqda. Zilzila koordinatalari 40,79 daraja shimoliy kenglik, 69,69 daraja sharqiy uzunlikka teng.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Olmaliq shahrida 3 ball, 9 km.
  • Piskent tumanida 2–3 ball, 23 km.
  • Ohangaron tumanida 2 ball, 26 km.
  • Nurafshon shahrida 2 ball, 40 km.
  • Angren shahrida 2 ball, 41 km.