2026-yilning yanvar-avgust oylarida 46 157 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Davolanish maqsadida mamlakatimizga kelgan xorijliklar davlatlar kesimida taqsimlanganda eng yuqori koʻrsatkich, tojikistonliklar hissasiga toʻgʻri kelib, ularning soni 24 293 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, Qirgʻiz Respublikasidan 11 853 nafar, Qozogʻistondan 7 022 nafar, Afgʻonistondan 1 596 nafar, Rossiyadan 1 225 nafar hamda boshqa davlatlardan 168 nafar fuqaro davolanish uchun Oʻzbekistonni tanlagan.