11
11

Oʻzbekistonning import hajmi 7 oyda 29,6 mlrd dollarni tashkil etdi

2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 29,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oʻsgan. Mazkur davrda Oʻzbekiston 160 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar: 

  • Xitoy — 9,6 mlrd AQSH dollari;

  • Rossiya — 5,3 mlrd AQSH dollari;

  • Qozogʻiston — 2,4 mlrd AQSH dollari;

  • Turkiya — 1 049,6 mln AQSH dollari;

  • Koreya Respublikasi — 1 037,0 mln AQSH dollari;

  • Turkmaniston — 657,5 mln AQSH dollari;

  • Germaniya — 640,0 mln AQSH dollari;

  • Hindiston — 607,4 mln AQSH dollari;

  • Belarus — 508,6 mln AQSH dollari;

  • BAA — 507,9 mln AQSH dollari.