11
11

Endi kredit garovga emas, pul oqimiga qarab ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat banklarini mijozlar biznesini oʻstirish tamoyili asosida transformatsiya qilish zarurligini taʼkidladi.

Yil boshidan garov yoki kafil topa olmagan 35 ming kishiga kredit berilmagan. Banklar anʼanaviy garov va bir xil standart shartlar bilan cheklanib qolmasligi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Endi real pul oqimi, buyurtma va shartnomalar, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiriga asoslangan kompleks moliyaviy mahsulotlar keng joriy qilinadi.

Kichik tadbirkorlarning lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnomasi kredit garovi sifatida qabul qilinadi.

500 million soʻmgacha loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi. Kredit garovga emas, pul oqimiga qarab ajratiladi. Eksportbop mahsulot uchun xomashyo sotib olish kreditlarida esa sugʻurta polisining oʻzi garov sifatida yetarli boʻladi.

Toʻqqizta davlat bankiga bir oyda biznesni oʻstirishga koʻmaklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif etish vazifasi qoʻyildi. Mahalla bankirlari yangi xizmatlarni aholi va tadbirkorlarga tushuntirib boradi.