11
11

Oʻzbekistonda xorijiy korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritayotgani aytildi

2026-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 21 490 ta korxona faoliyat yurityapti. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, mavjud korxonalarning 7 637 tasi savdo sohasiga, 4 177 tasi sanoat sohasiga toʻgʻri keladi. Axborot va aloqa sohasida 1 840 ta, qurilishda 1 769 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona ish olib boryapti.

Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 945 ta, tashish va saqlash yoʻnalishida 665 ta, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 541 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida 247 ta korxona qayd etilgan. Qolgan 3 669 ta korxona esa boshqa iqtisodiy faoliyat turlariga toʻgʻri keladi.