Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida turli rusumdagi 263 731 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,6 ming donaga oshgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar rusumlar boʻyicha quyidagicha:
Cobalt — 91 140 dona;
Damas — 47 521 dona;
Tracker — 25 779 dona;
Onix — 20 445 dona;
BYD — 17 765 dona;
KIA — 17 125 dona;
Haval — 5 778 dona;
Chery — 4 801 dona;
Chevrolet Damas Move — 932 dona;
maxsus yengil avtomobillar — 32 445 dona.