Toʻrt oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,3 mlrd dollarni tashkil etdi

2026-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, shu yilning dastlabki toʻrt oyi mobaynida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasidagi eng katta koʻrsatkich Xitoy hissasiga toʻgʻri kelib, 6,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Xitoy — 6,2 mlrd AQSH dollari;

  • Rossiya Federatsiyasi — 4,5 mlrd AQSH dollari;

  • Qozogʻiston — 1,8 mlrd AQSH dollari;

  • Turkiya — 920,6 mln AQSH dollari;

  • Afgʻoniston — 728,2 mln AQSH dollari;

  • Koreya Respublikasi — 638,3 mln AQSH dollari;

  • BAA — 626,7 mln AQSH dollari;

  • Fransiya — 618,1 mln AQSH dollari;

  • Germaniya — 411,6 mln AQSH dollari;

  • Hindiston — 406,4 mln AQSH dollari.