2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga ikkinchi malaka toifasi — katta oʻqituvchi lavozimi attestatsiyasiz, toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
Murojaat yuborish tartibi:
“Pedagog.uzedu.uz” platformasi orqali profilingizga kiring;
“Murojaatlarim” boʻlimini oching;
“Toʻgʻridan-toʻgʻri” murojaat turini tanlang;
Kerakli shakllarni toʻldiring;
Imtiyoz tanlash qismidan “Imtiyozli bakalavr diplomi” bandini belgilang;
Murojaatni yuboring.
Murojaatni quyidagi usullarda yuborish mumkin:
“Pedagog.uzedu.uz” rasmiy platformasi orqali;
Davlat xizmatlari markazlari orqali;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.