Yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

2026-2027 oʻquv yilida akademik litsey, texnikum hamda oliy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlarining boshlanish sanalari belgilandi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, akademik litsey va texnikumlarda yangi oʻquv yilidagi mashgʻulotlar 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarida esa oʻquv jarayonlari bosqichlar kesimida quyidagi sanalarda yoʻlga qoʻyiladi:

  • 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;

  • 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan.