7 oyda 4,4 mln nafar oʻzbekistonliklar chet elga safar qildi

2026-yilning yanvar iyul oylarida 4,4 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 45,6 ming nafarga koʻpaygan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp borgan TOP-10 davlat:

  • Qirgʻiz Respublikasi — 1 981 542 nafar;

  • Qozogʻiston — 805 437 nafar;

  • Tojikiston — 744 974 nafar;

  • Rossiya — 222 605 nafar;

  • Saudiya Arabistoni — 167 337 nafar;

  • Turkiya — 166 893 nafar;

  • BAA — 47 020 nafar;

  • Xitoy — 43 581 nafar;

  • Misr — 32 470 nafar;

  • Vyetnam — 28 224 nafar.