Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qoʻlga kiritdi

Toshkent shahri mezbonlik qilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi xabariga koʻra, 90 dan ortiq davlat oʻquvchilari qatnashgan mazkur musobaqada oʻzbekistonlik yoshlar 1 ta kumush, 3 ta bronza medal va 1 ta Honorable Mention eʼtirofini qoʻlga kiritgan.

Maʼlum qilinishicha, kumush medalga Jaxonali Xaydaraliyev, bronza medallariga Jahongirshoh Avazxonov, Timur Kadirbergenov va Ulugʻbek Rahmatullayev sazovor boʻldi. Sardorbek Salimov esa Honorable Mention bilan taqdirlangan.

Shu tariqa ushbu natija Oʻzbekiston terma jamoasining informatika olimpiadalaridagi eng yuqori koʻrsatkichiga aylandi.