Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant oʻrinlarga daʼvogarlik qilishi mumkin

2026-2027 oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarda davlat OTMlaridagi vakant oʻrinlar uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Bunda kirish imtihonida minimal ballni toʻplagan abituriyentlar fanlar majmuasi va taʼlim tili mos boʻlgan boʻsh yoʻnalishlarni tanlaydi.

Bunda vakant yoʻnalishlarga quyidagi talablar asosida tanlov oʻtkaziladi:

  • fanlar majmuasi va taʼlim tili abituriyent topshirgan yoʻnalish bilan mos boʻlishi;

  • abituriyentlar toʻplagan ballari boʻyicha reyting ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilinishi;

  • boʻsh oʻrinlarga qabul bazaviy toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi.

Vakant oʻrinlar uchun roʻyxatdan oʻtish muddati kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilinganidan keyin bir hafta oʻtib belgilanadi. Tegishli tartib boʻyicha abituriyentlarga vakant yoʻnalishlarni tanlash uchun muddat beriladi.