Oʻzbekistonda mobil aloqa orqali internetga ulangan abonentlar soni 33,3 mlnga yetdi

2026-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda mobil aloqa orqali internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 33,3 mlntani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich 2015-yilga nisbatan 25,5 mlntaga yoki 4,3 barobarga oshgan.

Mazkur koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha:

  • 2015-yil — 7,8 mln;

  • 2016-yil — 9,0 mln;

  • 2017-yil — 10,3 mln;

  • 2018-yil — 12,7 mln;

  • 2019-yil — 15,7 mln;

  • 2020-yil — 17,9 mln;

  • 2021-yil — 21,0 mln;

  • 2022-yil — 24,0 mln;

  • 2023-yil — 27,1 mln;

  • 2024-yil — 29,2 mln;

  • 2025-yil — 33,3 mln.