Britaniyaning The Legatum Institute tahlil markazi Prosperity Index 2026 global reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 161 ta davlat orasida 94-o‘rinni egalladi.
Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 3-o‘rinda qayd etilgan. Mintaqada Qozog‘iston 66-o‘rin bilan birinchi, Qirg‘iziston 87-o‘rin bilan ikkinchi bo‘ldi.
Tojikiston reytingda 129-o‘rinni egallagan. Turkmaniston esa ro‘yxatda ko‘rsatilmagani ma’lum qilindi.
Jahon reytingida birinchi o‘rin Shveysariyaga tegishli. Solishtirish uchun, Qozog‘iston 66-o‘rinda, Qirg‘iziston 87-o‘rinda, O‘zbekiston 94-o‘rinda, Rossiya 103-o‘rinda, Tojikiston esa 129-o‘rinda joylashgan.
Reytingning oxirgi pog‘onasida Eritreya turibdi, u 161-o‘rinni egallagan.
Prosperity Index davlatlarni bir nechta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi. Ular orasida iqtisodiyot, biznes muhiti, ta’lim, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik darajasi kabi omillar bor.