Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 4,7 mingdan oshdi

15.07.2026 20:17 Dunyo 3507 ipaknews.uz

Venesuelada yuz bergan zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 4 734 nafarga yetdi. Bu haqda Milliy assambleya raisi Xorxe Rodriges maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

Zilzila oqibatida 16 740 kishi jarohatlangan, 17 907 nafar fuqaro esa boshpanasiz qolgan. Ofat tufayli 190 ta bino butunlay vayron boʻlgan, 856 tasi esa jiddiy shikastlangan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 6 462 kishi qutqarildi, 33 652 nafar fuqaro tibbiyot muassasalarida davolandi.

Jami 128 324 ta oilaga yordam koʻrsatildi, 20 903 kishi 107 ta vaqtinchalik lagerga joylashtirildi, jabrlanganlarga 10 063 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.