Turfan arxeologik xazinalari: qumga ko‘milgan boy tarix

20.06.2025 00:00 IPAK YO‘LI 12

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida boy tarixni o‘zida mujassam etgan Turfan shahri joylashgan. Bu yer nafaqat mevalarga boy o‘ziga xos maskan, balki hududning muhim madaniy markazi deya e’tirof etiladi.

IMG_20250621_004624_606

Foto: ipaknews.uz

Shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri Turfan tarixi muzeyi sanaladi.

IMG_20250621_004624_521

Foto: ipaknews.uz

Majmuada qadimdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan eksponatlarni ko‘rish mumkin. Muzeyning har bir zalida  bu yerlarda istiqomat qilgan xalqlarning tarixi, madaniyati va san’ati, yashash tarzi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.

IMG_20250621_004624_693

Foto: ipaknews.uz

Qayd etilishicha, majmuaning maydoni taxminan ikki gektarni tashkil etadi. Ko‘rgazma galereyalarining umumiy maydoni esa 4278 kvadrat metrga yetadi.

Bu yerda Turfan shahri tarixining muhim bosqichlaridan dalolat beruvchi arxeologik topilmalar va madaniy yodgorliklar taqdim etilgan.

IMG_20250621_004624_453

Foto: ipaknews.uz

Muzeyda, shuningdek, qadimiy tangalar, tosh qurollar, tilla taqinchoqlar va boshqa noyob kolleksiyalar yig‘ilganlarni hayratga soladi.

Muassasani ko‘zdan kechirib Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan Turfan haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin.

IMG_20250621_004624_952

Foto: ipaknews.uz