Bogʻchaga imtiyozli navbatga turish uchun onlayn ariza berish imkoni yaratildi

Bogʻchaga imtiyozli navbatga turish uchun onlayn ariza berish imkoni yaratildi. Bu haqiqda Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, endilikda bogʻchaga imtiyozli navbatga turish jarayoni “my.gov.uz” orqali toʻliq avtomatlashtirilgan.

“Arizani onlayn topshirish uchun roʻyxatdan oʻzingizga tegishli toifani tanlasangiz kifoya — tizim barcha maʼlumotlarni vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali soniyalar ichida oʻzi tekshiradi”, — deyiladi xabarda.

 

Kimlar “my.gov.uz” orqali imtiyozli navbatga qoʻyiladi? 

  • Shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari;

  • I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;

  • Yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;

  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolgʻiz ayollarning bolalari;

  • Akalari yoki opalari ushbu bogʻchaga qatnayotgan bolalar;

  • Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan bogʻchalardan umumiy turdagi muassasalarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar;

  • Kam taʼminlangan oilalarning farzandlari;

  • Oila aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat oilalar bolalari;

  • Boquvchisini yoʻqotgan oilalarning bolalari;

  • Toʻrt va undan koʻp farzandi bor oilalar bolalari;

  • Talabalarning farzandlari;

  • Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari.

Uydan chiqmay ariza yuborish uchun:

  • “my.gov.uz” portali yoki mobil ilovasida roʻyxatdan oʻting;

  • bolani davlat mTaktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish xizmatini tanlang;

  • soʻralgan maʼlumotlarni toʻldiring, bogʻchani hamda mavjud imtiyozingizni belgilab, ariza yuboring.