Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Import tarkibi quyidagicha:
Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 5,5 mlrd AQSH dollari (+29,1 foiz)
Sanoat tovarlari — 2,5 mlrd AQSH dollari (+17,1 foiz)
Kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar — 2,0 mlrd AQSH dollari (+22,6 foiz)
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 1,9 mlrd AQSH dollari (+47,2 foiz)
Xizmatlar — 1,6 mlrd AQSH dollari (+15,5 foiz)
Mineral yoqilgʻi, moylash materiallari va shunga oʻxshash materiallar — 1,4 mlrd AQSH dollari (+25,8 foiz)
Turli xil tayyor buyumlar — 585,7 mln AQSH dollari (+34,6 foiz)
Nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari — 464,8 mln AQSH dollari (+34,5 foiz)
Hayvon va oʻsimliklar moylari, yogʻlar va mumlar — 217,7 mln AQSH dollari (+37,3 foiz)
Ichimliklar va tamaki — 100,5 mln AQSH dollari (+24,3 foiz)