Bugun baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin

“Oʻzgidromet” bugun, 10-iyun kuni respublikamizning ayrim hududlarida kuchli shamol esishi va chang-toʻzon hodisalari kuzatilishidan ogohlantirdi.

Unga koʻra, bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda va kechga tomon Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati 32-37 daraja boʻladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat 33-35 daraja atrofida boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja boʻladi.