Hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi

“Oʻzgidromet” 9-12-iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-iyunda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja boʻladi, kunduzi 9-iyunda 28-33 daraja, 10-12-iyunda 30-35 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-10-iyunda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-10-iyunda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

AndijonNamangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 9-10-iyunda 32-37 daraja, 11-12-iyunda 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida nisbatan oʻzgaruvchan, salqin havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.