Xitoy politsiyachilari dehqonlarga hosilni yig‘ishtirishda ko‘maklashdi.

06.06.2026 20:00 Video 3563 ipaknews.uz XXR

Xitoylik politsiyachilar manzilli yordam ko‘rsatilayotgan qishloqlardan biriga tashrifi chog‘ida noqulay ob-havo oqibatida keng maydonlardagi raps ekinlari yerga yotib qolganini aniqladi.

Mahalliy aholi hosilni o‘z kuchi bilan o‘z vaqtida yig‘ib olishga ulgurmayotganini ko‘rgan huquq-tartibot xodimlari vaqtni boy bermasdan dalaga chiqib, dehqonlarga yordam berishga kirishdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida uch soatdan sal ko‘proq vaqt ichida hosil to‘liq yig‘ib olindi va 300 kilogrammdan ortiq raps hosili saqlab qolindi.