Xitoyning Unitree Technology kompaniyasi inson tomonidan boshqariladigan transformatsiyalanuvchi robotni namoyish qildi. Yangi qurilmaning boshlang‘ich narxi 3,9 million yuan (500 ming AQSH dollaridan ortiq) etib belgilangan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu dunyodagi ilk seriyali ishlab chiqarilgan boshqariladigan mecha-robot hisoblanadi. U fuqarolik transport vositasiga aylana oladi va taxminan 500 kilogramm vaznga ega.
Mazkur noodatiy ishlanma qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlar hamda texnologiyalar hamjamiyatida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ham ushbu loyihaga e’tibor qaratib, uni qisqacha "Juda zo‘r!" deya baholadi.