Argentinalik miasteniya kasalligiga chalingan, nogironlar aravachasida harakatlanadigan Mariya Xitoyning Xanchjou shahridagi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan ekzoskelet yordamida yana oyoqqa turib, mustaqil yura oldi.
Unga hamrohlik qilayotgan ayol quvonch ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Mazkur ta'sirli voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham minglab foydalanuvchilarning qalbidan joy oldi.
Qurilmani sinab ko‘rgan Mariya hayratini yashira olmay:
"Bu shunchaki aql bovar qilmaydi!" deya qayta-qayta takrorladi.
Kompaniya xodimlarining ta'kidlashicha, ekzoskeletni yaratishdan asosiy maqsad yurish imkoniyatini yo‘qotgan insonlarga yana oyoqqa turish va mustaqil harakatlanishga yordam berishdan iborat.
Shuningdek, Hangzhou Taixi Intelligent Technology kompaniyasi Mariyaga yurishga ko‘maklashuvchi eng so‘nggi bel qismi uchun mo‘ljallangan ekzoskeletni sovg‘a qildi.