Oʻzbekistonda bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln soʻmga yetdi

2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Savdo xizmatlari — 101,8 trln soʻm;

  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 69,1 trln soʻm

  • Transport xizmatlari — 66,9 trln soʻm;

  • Moliyaviy xizmatlar — 65,6 trln soʻm;

  • Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 30,9 trln soʻm;

  • Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 14,5 trln soʻm;

  • Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 9,2 trln soʻm;

  • Shaxsiy xizmatlar — 7,4 trln soʻm;

  • Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 7,3 trln soʻm;

  • Kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 5,1 trln soʻm;

  • Ijara xizmatlari — 5,1 trln soʻm;

  • Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 4,8 trln soʻm;

  • Boshqa xizmatlar — 18,8 trln soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga oshdi.