2026-yilning yanvar aprel oylarida jami 24 176 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Davolanish maqsadida yurtimizga tashrif buyurganlar davlatlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Tojikiston hissasiga toʻgʻri kelib, 14 034 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, Qirgʻiz Respublikasidan 5 891 nafar, Qozogʻistondan 2 807 nafar, Afgʻonistondan 896 nafar, Rossiya 473 nafar hamda boshqa davlatlardan 75 nafar fuqarolar davolanish uchun Oʻzbekistonni tanlagan.