Andijon viloyatida 2-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan C1 darajani qoʻlga kiritdi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi 19-umumtaʼlim maktabining 2 sinf oʻquvchisi Muhammadyusuf Ibrohimjonov xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballik (S1) natija qayd etgan.
Maʼlumot uchun, sinovda Muhammadyusuf Listening (Tinglab tushunish) boʻyicha 7,5 ball, Reading (Oʻqib tushunish) 6,5 ball, Writing (Yozish) 7,0 ball va Speaking (Gapirish) qismidan 6,5 ball toʻplagan.