Andijonda bir maktabning 7 nafar oʻquvchisi muddatidan avval talaba boʻldi

Andijon viloyatida bir maktabning 115 nafar oʻquvchisi bir nechta fanlardan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. Bu haqida “Taʼlim xabarlari” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Jalaquduq tumani 73-DIUMning 9-11-sinflar kesimidagi 115 nafar oʻquvchisi milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilardan 7 nafari muddatidan avval talaba boʻlish imkoniyatiga ega boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Angrenda bir maktabning 65 nafar oʻquvchisi turli fanlardan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgani, shulardan 23 nafari muddatidan avval talaba boʻlgani haqida xabar bergan edik.