Oʻzbekistonliklar oʻqish uchun qaysi davlatlarni tanlamoqda?

2026-yilning yanvar-mart oylarida 5 862 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp borgan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Rossiya – 1 241 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 1 131 nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi – 1 059 nafar;
  • Xitoy – 424 nafar;
  • Turkiya – 423 nafar;
  • Tojikiston – 381 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 292 nafar;
  • Boshqa davlatlar – 911 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.